Kafedra ko‘plab mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Birgalikda ilmiy ishlar olib borilmoqda, xalqaro konferensiyalar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3775-son qaroriga asosan ” Sibir davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik ko’p yillar davomida amalga oshirildi. Kafedramizda tibbiyot fanlari doktori, Sibir davlat tibbiyot universiteti (Sibir davlat tibbiyot universiteti) biofizika va funksional diagnostika kafedrasi mudiri, professor Svetlana Valerievna Gusakova tomonidan muntazam ravishda mahorat darslari, vebinarlar va integral ma’ruzalar olib boriladi.
Kafedra Higen Healthcare Co. bilan faol hamkorlik qiladi. Tibbiyotda multimedia ilovalarini yaratish uchun dasturiy ta’minot sohasida Janubiy Koreyaning LTD. Kompaniya direktori Li Yong Duk muntazam ravishda kafedra talabalari va o‘qituvchilari uchun onlayn ma’ruzalar olib boradi. Biotibbiyot muhandisligi sohasida start-up loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Kafedra tashkil qilingandan buyon tibbiyot kollejlari va akademik litseylar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kollej va litseylarda ochiq darslar, master klasslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektorining 2016 yil 20 avgustdagi №72 sonli Farmoyishiga ko‘ra kafedrada Toshkent viloyatidagi 5 ta: Bekobod tibbiyot kolleji, Olmaliq tibbiyot kolleji, Angren tibbiyot kolleji, Chirchiq tibbiyot kolleji, Guliston tibbiyot kolleji va Toshken shaxridagi Olmazor tibbiyot kolleji, TTA qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlik rejalari tuzildi. Bu tibbiyot kollejlarining “Aniq fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Umumta’lim fanlar” kafedralari bilan tuzilgan rejalar asosida ochiq ma’ruza, ochiq dars, amaliy seminarlar o‘tkazildi. Reja asosida bu kollejlarga tashrif buyurilib, o‘quv jarayonlari uchun, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan kerakli amaliy yordam berildi.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektorining 2017 yil 19 avgustdagi №51 sonli Farmoyishiga ko‘ra kafedra Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlik rejalarini tuzdi . Rejaga muvofiq kafedra fan o‘qituvchilari mazkur akademik litseyda turli mavzularda ochiq darslar tashkil qilmoqda. Hozirgi kunda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi qoshidagi akademik litsey bilan xamkorlikda informatika va fizika fanlaridan «Informatika va axborot texnologiyalari» va «Fizika» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanmoqda.
Xamkorlik ishlaridan fotolavxalar: