2026-yil 20-may kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi tomonidan Rossiya federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti hamda Boshqird davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning dolzarbligi va muammolari” mavzusidagi III Xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman tashkil etildi.
Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
- Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda biofizika va umumiy fizika hamda biotibbiyot muhandisigi fanlarinngi o‘rni.
- Tibbiyotda axborot texnologiyalari hamda matematik statistika fanlarini o‘qitishning dolzarbligi.
Bunda tibbiyot mutaxassialarini tayorlashda fundamental fanlardan hisoblanadigan Biofizika hamda Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning bugungi kundagi dolzarb masalalari va muammolari xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan muhokama qilindi.
Anjumanda jami 52 nafar pedagog hodimlar ishtirok etishdi, ulardan 9 nafari xorijiy mutaxassislardir. Jumladan: Sibir davlat tibbiyot universiteti, Akademik I.P Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Boshqird davlat tibbiyot universiteti, Qozog’iston Respublikasi, Qarag’anda tibbiyot universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti hamda Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.


