“Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqadlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

 

2024-yil 3-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi “Biotibbiyot muhandisligi,informatika va biofizika” kafedrasi xodimlari A.Z.Sobirjonov, K.D.Latipova va U.M.Abdujabborova hamda 1-Davolash fakulteti 103A-guruh  talabalari tomonidan “Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqadlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir kafedra ma’ruza zalida bo‘lib o‘tti. Tadbirni “Biotibbiyot muhandisligi,informatika va biofizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Z.Sobirjonov ochib berdi. Unda tadbir ishtirokchilariga jadidchilik harakatining asosiy g‘oyasi va uni maqsadlari haqida qsqacha to‘xtalib o‘tti.

XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab jadid usulidagi maktablar ochildi. Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surgan. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Bular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said ahmad Siddiqiy Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi. Ular vatanparvar, ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari hisoblanadi.

Shundan so‘ng 1-Davolash fakulteti 103A-guruh  talabalari o‘z chiqishlarini boshladilar.

Tadbir davomida talabalar she’rlardan namunalar o‘qishdi, jadidlarni xalqni ma’rifatini oshirishi yo‘lida qilgan ishlari alohida e’tirof etildi. Sahna ko’rinishlari ayniqsa talaba va professor xodimlarga juda ma’qul keldi.

Tadbir so‘ngida kafedra xodimi M.K.Norbutyeva so‘zga chiqib, tadbir tashkilotchilariga va ishtirokchi talabalarga minnatdorchilik bildirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.