2022 yil 26 fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi V.G.Maxsudovning Tibbiy biologik ishi yo‘nalishi 1-kurs 102-103-guruh talabalari ishtirokida o‘tkaziladigan “O‘zgaruvchi va o‘zgarmas kattaliklar. Cheksiz kichik miqdorlar. Cheksiz kichik miqdorlarni asosiy xossalari. Ajoyib limitlar. Argument orttirmasi va funksiya ortirmasi. Funksiya uzluksizligi.” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg‘ulot materiallari muhokamasi.

ESHITILDI: Kafedra mudiri M.I.Bazarbaev o‘tkaziladigan ochiq ma’ruza mashg‘ulot matni, taqdimoti va amaliy mashg‘ulotga “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi professori A.F.Marasulov hamda Toshkent davlat  texnika universiteti Olmaliq filiali “Matematika va tabiiy – ilmiy fanlar” kafedrasi dotsenti S.S. Sheraliyev tomonidan berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi. Taqrizda ijobiy fikrlar bildirilgan.

Amaliy mashg‘ulot matnida o‘zgaruvchi va o‘zgarmas kattaliklar  haqida tushuncha, funksiya tushunchasi, funksiyaning asosiy xarakteristikalari, asosiy elementar funksiyalar, murakkab funksiya, elementar funksiyalar, o‘zgaruvchi kattalik chegarasi, funksiyaning uzluksizligi, funksiya va argument orttirmasi, aniqlanish sohasi, qiymat, funksiyaning o‘zgarishi, limitlar haqidagi teorema haqida  to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Berilgan taqdimotda matn va unga mos rasmlar, qurilmaning sxematik chizmasi va jadval keltirilgan. Undan tashqari darsning texnologik xaritasi berilgan bo‘lib, darsning bosqichlari va unda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar yoritilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.