2022 yil 18-20 yanvar kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o’rtasida Onlayn olimpiadasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. ‼️Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi telegram kanalga a’zo bo‘lish lozim: https://t.me/ttaolimp22
Talaba-yoshlar test tanlovida ishtirok etib, Samsung Tab A7 10.4 Planshetini qo‘lga kiritishlari mumkin!
Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha belgilangan sanalarida o‘tkaziladi:
1️⃣Tibbiyotda axborot texnologiyalari fani – 18.01.22, soat 9.00-14.00.
2️⃣Tibbiy kimyo fani – 19.01.22, soat 9.00-14.00.
3️⃣ Jamoat salomatligi va menejment – 20.01.22, soat 9.00-14.00.
Olimpiadada g‘oliblik O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi tibbiyot OTM talabalari orasidan aniqlanadi va talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi.
Olimpiada belgilangan sanalarda telegram kanaliga yuborilgan havola orqali o‘tkaziladi.
🏆OLIMPIADAda ISHTIROK ETING VA PLANSHET YUTIB OLING!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.