2021 yil 4-noyabr  kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi «Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika»  kafedrasi assistenti U.Q. Safarovning 1-sonli Davolash ishi fakulteti 1-kurs 112“A”-guruh talabalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Sonli ma’lumitlarni qayta ishlash texnologiyasi. Microsoft Excel elektron jadval muxarririning keng imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘ulot materiallari muhokamasi bo’lib o’tdi. Unda bir qator fan o’qituvchilari faol ishtirok etishdilar kafedra mudiri, f-m.f.n. dotsent M.I. Bazarbaev, D.A. Toshmuxamedova – TDTU Elektron apparatlar ishlab chiqarish kafedrasi professori, “Menejment, tibbiy biologiya, tibbiy biomuhandislik va OMH ” fakulteti dekan muovini A.Z. Sobirjonov, professor A.F. Marasulov, katta  o‘qituvchi: E.Ya. Ermetov, Assistent: B.T.Raximov. Bunda kafedra mudiri M.I.Bazarbaev o‘tkaziladigan ochiq amaliy mashg‘ulot matni, taqdimoti va amaliy mashg‘ulotga “Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika” kafedrasi dotsent I.Mullajonov hamda Islom Karomov Nomidagi Toshkent davlat tecnika universiteti, Elektron apparatlar ishlab chiqarish hafedrasi Professori D.A Tashmuxammedova tomonidan berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi. Taqrizda ijobiy fikrlar bildirilgan.

Amaliy mashg‘ulot matnida Microsoft Excel elektron jadval muxarririning keng imkoniyatlari, matematik amallar, formulalar, va excelning keng imkoniyatlari ustida bajariladigan amallar, va giper murojatlar va tibbiyot kasalliklariga oin natijalar taxlili haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Berilgan taqdimotda matn va unga mos rasmlar, taxlil natijalari va jadval keltirilgan. Undan tashqari darsning texnologik xaritasi berilgan bo‘lib, darsning bosqichlari va unda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar yoritilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.