1931 yil Tibbiyot Instituti tashkil topganda fizika kafedrasi tashkil etildi. Uni boshqarish fizika-matematika fanlari doktori, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mashhur olim va pedagog Venedikt Nikolaevich Mixalkov (1888-1962) ga topshirildi. U 1912 yilda Sankt-Peterburg Universitetining fizika matematika fakulьtetini yakunlagan, bir qator ilmiy ishlar muallifi, 1924 yildan boshlab O‘rta Osiyo Davlat Universitetida faoliyat yuritgan. 1953 yilda fizika-matematika fanlari doktori unvonini olgan.

1941-1944 yillarda kafedra o‘z faoliyatini M.S.Eygenson rahbarligida olib bordi. 1944-1962  yillarda kafedra mudirligi vazifasi yana V.N.Mixalkovga topshirildi. V.N.Mixalkov kafedrada faoliyat yuritgan davr  ichida uning tarkibida assistentlar S.S.Rumi, K.G.Trofimov, M.A.Tixoboevlar  bor edi. 1935 yilda kafedra maydoni kengaytirilib, 6 ta xonaga ega bo‘lgan eksperimental korpusga ko‘chirildi. 1971 yilga qadar kafedra bir necha bor joy o‘zgartirdi.

Ushbu yillarda kafedrada S.S Rumiy, S.D Yuldashev, T.A Adjimollaev, X.K. Qodirovlar faoliyat ko‘rsatib, bo‘lajak tibbiyot xodimlarini etkazishga katta hissalarini qo‘shishgan.

S.S Rumiy,              S.D Yuldashev,                T.A Adjimollaev,                       X.K. Qodirov.

O‘rta Osiyo Davlat Universitetining fizika-matematika fakulьtetida kerakli tajribalarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalarning etishmovchiligi tufayli Tibbiyot Instituti fizika kafedrasining dastlabki tashkilotchilari V.N.Mixalkov, S.S.Rumi, K.G.Trofimovga amaliy mashg‘ulotlar xamda ma’ruza darslarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan o‘kuv-ko‘rgazma qurollarini o‘z qo‘llari bilan yaratishga to‘g‘ri keldi. Kafedra xodimlarining sa’y- xarakatlari bilan 1932-1941 yillarda 123 ta turli hil o‘quv-ko‘rgazma qurollari olindi va takomillashtirildi.

1962-1971 yillarda kafedrani boshqarish  Said Sadadinovich Rumi (1910-1971) ga topshirildi. U O‘rta Osiyo Davlat Universitetining fizika-matematika fakulьtetini bitirgan bo‘lib, 1936-1938 yillarda Tibbiyot Instituti talabalar ishlari bo‘yicha direktor muovini vazifasida, 1944-1966 yillar davomida o‘quv bo‘limini boshlig‘i vazifasida ishlab keldi.

O‘quv jarayonini tashkil etish hamda asboblar konstruktsiyasini tavsiflovchi 30 dan ortiq ilmiy maqolalar  muallifi. Kafedra xodimlari tarkibi Yu.N.Alikov, T.Saidvaliev hamda X.Gazievlarga kengaydi.

Institut rahbariyati talabiga ko‘ra amaliy va nazariy kurslar bo‘yicha darsliklar rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girila boshlandi. S.S.Rumi boshchiligida kafedra xodimlari tomonidan  Lixerning 1934 yilda nashr etilgan  «Mediklar va biologlar uchun fizika kursi», S.A.Archibishevaning 1939 yilda nashr etilgan «Medik studentlar uchun fizika kursi», N.A.Remizovning «Fizikadan praktikum» 1948, 1960 yil nashrlari  tarjimon qo‘shimchalari bilan qayta nashr etildi. O‘zbek tilidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish masalasi bugungi kunga qadar kafedra xodimlarining eng aktual vazifalaridan bo‘lib kelmokda. 2005 yilda N.A. Remizovning «Tibbiy va biologik fizika» darsligi o‘zbek tilida lotin va kirill yozuv grafikasida nashrdan chiqarildi, Tibbiyot Oliygohlari talabalari uchun biofizika, tibbiy texnika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar ishlab chiqildi.

Kafedra xodimlari tomonidan tibbiyotga bog‘liq ilmiy-tekshirish ishlari olib borildi.  Masalan, 50- yillarda kafedra o‘qituvchilari O‘rta Osiyo kurortlari va kurort oldi xududlari: Chimyon, Jalolobod, Mulla qori, Yangi qo‘rg‘on, Oqtosh, Sarichelak, Yalong‘och, Chortoqlarning bir necha parametrlarini o‘rgandilar. Tekshirish V.N.Mixalkov, S.S.Rumi, M.A.Tixoboev, E.I.Postupalьskiylar ishtirokida olib borilidi. Professor V.N. Mixalkov tomonidan ittifoq kurortlarida qo‘llaniladigan Quyosh ekranlarini tekshirish va aerogemoterapiya maqsadida daraxtlar soyasidan foydalanish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Kafedra xodimlari tomonidan tibbiy xarakterdagi asbob- uskunalar: oshqozon zondi, tomoq termozondi, vakuumli so‘rish, teri sirti uchun elektrotermometrlar, soyasiz lampa konstruktsiyasi, rentgenotomo-balloskop, salьvarsan qo‘yish uchun maxsus asbob, ichiga odam joylashtiriladigan, bosim va temperaturani avtomatik ravishda boshqaruvchi barotermokamera va shularga o‘xshash asbob-uskunalar olindi. Bu ishlarda V.N.Mixalkov, S.S.Rumi, D.G.Botirov, A.A.Ravdel, A.Z. Shuboderov, B.I.Sokolovlar ishtirok etdilar.1967 yilda Toshkent Rentgen-radiologiya va Onkologiya Institutining kantserogenez laboratoriyasi bilan hamkorlikda biologik ob’ektlarning tarkibida ba’zi politsiklik uglevodlarning mavjudligi mavzusi ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, kafedra xodimlari (L.M.Nikiforova) tomonidan rentgenostrukturaviy analiz metodlarini qo‘llab katod emissiyasi bo‘yicha tekshirish ishlari olib borildi. Bu ishlar bo‘yicha matbuotda maqolalar chop etildi, nomzodlik dissertatsiyasi himoya kilindi.

Biofizikadan dars jarayoni.

1971 yilda kafedra o‘z faoliyatini Sayran Jalilovich Yuldashev (1939 yilda tug‘ilgan) boshchiligida davom ettirdi. U 1963 yilda Toshkent Politexnika Institutini tugatgan, 1970 yilda nomzodlik, 1994 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 100 dan ortiq  magnit maydoni, lazer nurlanishi hamda ulьtratovush to‘lqinlari ta’sirida gipertrofik jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar muallifi. 1977 yilda fizika kafedrasidan biofizika kafedrasi ajralib chiqib, unga professor Tohir Abdullaevich Adjimollaev (1933 da tug‘ilgan) mudirlik qildi.

Kafedra jamoasi 1976 yil

1978-1990 yilda kafedra mudirligi professor X.K.Qodirov (1931-2012) ga topshirildi. U 1956 yilda O‘rta Osiyo Davlat Universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan, 1960 yilda nomzodlik, 1977 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 150 dan ortiq biologik va tibbiy kibernetika muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy maqolalar muallifi.  Yangi kafedraning tashkil etilishida kafedra xodimlari katta o‘qituvchi L.M.Nikiforova va assistent G.P.Reznikning mehnatlarini alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinli. Birok yondosh kafedralar o‘z faoliyatlarini alohida holda uzoq  davom ettirmadilar. 1982 yilda bu ikki kafedra bazasida tibbiy va biologik fizika kafedrasi tashkil etilib, unga professor X.K.Qodirov mudirlik qildilar. X.K.Qodirov diagnostika va davolashda avtomatik boshqarish sistemasini ishlab chiqarish bilan bog‘liq ilmiy ishni tashkil qildi. Bugungi kunga qadar

Kompьyuter texnologiyasi fanidan dars jarayoni

ko‘pgina klinik kafedralar bilan hamkorlikdagi ilmiy ishlar olib borib, ularning natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda.

1990 yilda ToshDavTI  2ga bo‘linib, 1- va 2-ToshDavTI larga bo‘lindi. 1- ToshDavTI tibbiy va biologik fizika kafedrasini  1990-2005 yillarda prof. S.J.Yuldashev boshqardi. Bu davr ichida kafedrada dotsentlar I.T.Turg‘unov, X.D.Raximova, Sh.Tashpulatov, D.K.Isamuxamedova, katta o‘qituvchi F.B.Nurmatova, assistentlar K.K.Karimova, G.A.Dulyanova, I.E.Shaymanovlar faoliyat yuritganlar. 2-ToshDavTI tibbiy va bilogik fizika  kafedrasini F M Talipov (1955 yilda tug‘ilgan), 1999-2005 yillarda professor Nasir Muxamedjanovich Yuldashev (1956 yilda tug‘ilgan) boshqardi. Kafedrada dotsentlar I.M.Mullajanov, U.I.Ikramov, katta o‘qituvchilar N.Mastibekov, E.Ya Ermetov, assistentlar N.R.Djuraeva, M.K.Nishantaev, S.I.Ermetova, F.D. Fozilova, I.N.To‘laganova, F.Sh Tuxtaxodjaevalar faoliyat yuritdilar.

 

1993-1994  ўқув йилидан кафедра қошида «Информатика ва ахборот технологиялари »  курси ташкил этилиб, доцент И.Т.Турғунов унга масъул этиб тайинланди. 1999-2000 ўқув йилидан кафедрада янги «Тиббий техника ва тиббиётда янги технологиялар» курси ўқитила бишланди.
Тиббиёт олийгохининг барча факультети 1- курс талабалари кафедрада таҳсил оладилар. Кейинги 25 йил давомида физика ва ахборот технологиялари фанининг олийгохда ўқитиш талабаларнинг бўлажак мутахассисликларини қамраб амалга оширилмокда. Маъруза ва амалий машғулотларда қурилмалар ва қатор тиббий аппаратларнинг иш принципи ва организмга таъсири, шунингдек, ўтказилган текширув натижаларининг математик статистика асосидаги таҳлили асосларини ўргатиш билан бирга, замонавий технологиялардан фойдаланиш асослари ўргатилади. Кафедрада ўқитиладиган фанларнинг горизонтал ва вертикал интеграцияси ёрқин мисоллар билан талабалар онгига етказиб берилади.
2005 йилда Презитдентимиз И.А.Каримов фармонига асосан Тошкент Тиббиёт Академияси ташкил этилди. Икки институт базасидаги тиббий ва биологик физика кафедралари бирлаштирилиб, «Биофизика ва информатика» кафедраси намига эга бўлди, уни бошқариш профессор С.Ж.Юлдашевга топширилди. 2011 йилга қадар проф.С.Ж.Юлдашев ушбу жамоани бошқариб келди. Бу давр ичида кафедрада доцентлар И.Т.Тургунов, Х.Д.Рахимова, И.М.Муллажанов, У.И.Икрамов, катта ўқитувчилар Н.Мастибеков, Э.ЯЭрметов, Ф.Б.Нурматова, М.М.Қосимов, Ш.Х.Абдуғаниева, М.К.Нишантаев, ассистентлар Г.Р.Мирзааҳмедова, А.Ф.Исломов, И.Э.Шайманов, Ф.Фозилова, И.Тулаганова, Ф.Ш Тўхтаходжаевалар фаолият юритдилар.
2010 йилда кафедра қайтадан бўлиниб, биологик ва биоорганик кимё кафедраси таркибига қўшилиб, «Биоорганик, биологик кимё, биофизика ва информатика» кафедралари ташкил этилди. 2010-2012 йилларда турдош кафедраларнинг кафедра мудирлари этиб профессор Рихси Иброҳимовна Сабирова (1948 йилда туғилган) хамда профессор Абдуғофур Ахатович Хаджиметов (1948 йилда туғилган) тайинландилар.
2012 йилда Тошкент Тиббиёт Академиясининг ҳар икки ҳудудидаги биофизика ва информатика ҳамда нормал физиология курслари қўшилиб янги «Информатика, биофизика ва нормал физиология» кафедраси ташкил этилди. Кафедрани бошқариш доцент Ҳусниддин Камариддинович Самаров (1958 йилда туғилган) га топширилди. У 1980 йилда Тошкент Политехника Институнининг бошқарувнинг автоматлаштирилган тизими факультетини битирган. 1990 йилдан техника фанлари номзоди, 40 дан зиёд илмий ишлар муаллифи.

1993-1994  o‘quv yilidan kafedra qoshida «Informatika va axborot texnologiyalari »  kursi tashkil etilib, dotsent I.T.Turg‘unov unga mas’ul etib tayinlandi. 1999-2000 o‘quv yilidan kafedrada yangi «Tibbiy texnika va tibbiyotda yangi texnologiyalar» kursi o‘qitila bishlandi.
Tibbiyot oliygoxining barcha fakulьteti 1- kurs talabalari kafedrada tahsil oladilar. Keyingi 25 yil davomida fizika va axborot texnologiyalari fanining oliygoxda o‘qitish talabalarning bo‘lajak mutaxassisliklarini qamrab amalga oshirilmokda. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda qurilmalar va qator tibbiy apparatlarning ish printsipi va organizmga ta’siri, shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruv natijalarining matematik statistika asosidagi tahlili asoslarini o‘rgatish bilan birga, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asoslari o‘rgatiladi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning gorizontal va vertikal integratsiyasi yorqin misollar bilan talabalar ongiga etkazib beriladi.
2005 yilda Prezitdentimiz I.A.Karimov farmoniga asosan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etildi. Ikki institut bazasidagi tibbiy va biologik fizika kafedralari birlashtirilib, «Biofizika va informatika» kafedrasi namiga ega bo‘ldi, uni boshqarish professor S.J.Yuldashevga topshirildi. 2011 yilga qadar prof.S.J.Yuldashev ushbu jamoani boshqarib keldi. Bu davr ichida kafedrada dotsentlar I.T.Turgunov, X.D.Raximova, I.M.Mullajanov, U.I.Ikramov, katta o‘qituvchilar N.Mastibekov, E.YaErmetov, F.B.Nurmatova, M.M.Qosimov, Sh.X.Abdug‘anieva, M.K.Nishantaev, assistentlar G.R.Mirzaahmedova, A.F.Islomov, I.E.Shaymanov, F.Fozilova, I.Tulaganova, F.Sh To‘xtaxodjaevalar faoliyat yuritdilar.
2010 yilda kafedra qaytadan bo‘linib, biologik va bioorganik kimyo kafedrasi tarkibiga qo‘shilib, «Bioorganik, biologik kimyo, biofizika va informatika» kafedralari tashkil etildi. 2010-2012 yillarda turdosh kafedralarning kafedra mudirlari etib professor Rixsi Ibrohimovna Sabirova (1948 yilda tug‘ilgan) xamda professor Abdug‘ofur Axatovich Xadjimetov (1948 yilda tug‘ilgan) tayinlandilar.
2012 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining har ikki hududidagi biofizika va informatika hamda normal fiziologiya kurslari qo‘shilib yangi «Informatika, biofizika va normal fiziologiya» kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani boshqarish dotsent Husniddin Kamariddinovich Samarov (1958 yilda tug‘ilgan) ga topshirildi. U 1980 yilda Toshkent Politexnika Institunining boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi fakulьtetini bitirgan. 1990 yildan texnika fanlari nomzodi, 40 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi.

Usmon Ikromov (1946 yilda tug‘ilgan-2019) – fizik, 1969 yildan buyon Tibbiyot institutida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimida ishlab kelmokda.

Qator yillarda 2-ToshDavTI ichki inspektsiyasi xodimi, tibbiy profilaktika fakulьteti dekan muovini vazifalarida ishlab kelgan.

Nomzodlik dissertatsiyasi 1990 yili LGU qoshidagi ilmiy kengashda «Nekotorыe voprosы optimalьnogo upravleniya diskretnыmi protsessami” mavzusida himoya qilgan.


Islom Mullajonovich Mullajonov – fizik, dotsent, fizika – matematika fanlari nomzodi.

1977 yildan boshlab M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetida aspiranturada bo‘lib, «Kaliy fosfatlarning suvli eritmalari strukturasi va undagi hajmiy o‘zgarishlarni ulьtratovush yordamida aniqlash» mavzusi ustida ish olib bordi. 1985 yilda “Tibbiy- biologik fizika” darsligini rus tilidan o‘zbek tiliga, 2005 yilda professor S.D. Yuldashev, dotsent X.J. Raximovalar bilan hamkorlikda ushbu darslikni lotin tiliga o‘girishda o‘z hissasini qo‘shgan.

 

 


Xakima Djuraevna Raximova (1943 yilda tug‘ilgan)- fizik, 1963 yilda O‘rta Osiyo Davlat Universitetini tamomlagan.

1982 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1984 yildan mazkur kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmokda. 30dan ziyod ilmiy ishlar, 18 ta o‘quv-uslubbiy qo‘llanma hamda tibbiyot oliygohlari talabalari uchun nashr etilgan «Tibbiy va biologik fizika» kitobi tarjimasining hammuallifi.

 


Iskandar Turg‘unovich Turg‘unov (1950 yilda tug‘ilgan) – fizik, texnika fanlari nomzodi. Nomzodlik dissertatsiyasi  1980  yilda Kibernetika instituti qoshidagi ilmiy kengashda «Algoritmizatsiya operativnogo slejeniya, klassifikatsiya i prognozirovanie slojnыx dinamicheskix ob’ektov (na primere reanimatsionnыx bolьnыx)»  mavzusida himoya qilgan.3 ta mualliflik ishi uchun guvohnoma olgan:

Malakka Oshirish Markazi tinglovchilari uchun «Strukturno- funktsionalьnыe osnovы peredachi informatsii v jivom organizme» mavzuidagi ma’ruza matni hamda ko‘plab ilmiy maqola va tezislar muallifi. Turg‘unov Iskandar Tibbiyot Oliygohida 1983 yildan buyon katta o‘qituvchi, dotsent, 1- ToshDavTI test markazi boshlig‘i hamda informatika kursi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.


Karimov Xusan Abduraxmanovich (1952 yilda tugilgan)- 1967 ToshDU fizika fakulьtetini tamomlagan. 1975 -1983 yillar mobaynida fizika kafedrasida katta laborant, assistent, ToshDavMI  tarkibidagi PNIKEBL laboratoriyasida kichik ilmiy xodim, dotsent lavozimlarida ishlab kelgan. 1983 yilda akademik K.A.Zufarov rahbarligida «Kolichestvennыy   i elektroxemilyuminestsentnыy  analiz kompensatornoy gipertrofii pochki» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. O‘quv, pedagogik va ilmiy faoliyati davrida  90 dan ortiq   oliy tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv-uslubiy, uslubiy, qo‘llanmalar va biofizika dasturlarini  hammualliflikda ishlab chiqqan, ilmiy maqola va tezislar, gistologik va biofizik ilmiy izlanishlarga bag‘ishlangan  ratsionalizatorlik takliflari (30 dan ortiq)  mualliflik yorliqlari bilan rasmiylashtirilgan.

2014-yilda kafedra mudiri etib fizika-matematika fanlari nomzodi Bozorboev Murotali Irisalievich tayinlandi (1974). U 1996 yilda Toshkent Davlat Universitetining Fizika fakulьtetini tamomlagan, axborot texnologiyalari mavzusidagi ko‘plab maqolalar muallifi.

Hozirgi kunda kafedrada professor Marasulov A.F, dotsent I.M.Mullajanov, katta o‘qituvchilar E.Ya.Ermetov, A.Sh.Madjidov, U.M.Abdujabborova,  A.Z. Sobirjonov, assistentlar, F.Sh To‘xtaxodjaeva,   D.I.Sayfullaeva, K.D.Latipova, I.Sh.Saidnazarova, M.Q.Norbo‘taeva, N.A.Fayzieva, V.G. Maxsudov, F.Sh.Davlatovalar faoliyat yuritib kelmokdalar.

2014-yilda kafedra mudiri etib fizika-matematika fanlari nomzodi Bozorboev Murotali Irisalievich tayinlandi (1974). U 1996 yilda Toshkent Davlat Universitetining Fizika fakulьtetini tamomlagan, axborot texnologiyalari mavzusidagi ko‘plab maqolalar muallifi.

Keyingi 20 yil ichidagi kafedraning ilmiy faoliyati organizmga ba’zi fizikaviy omillar (magnit maydon, lazer nurlanishi, ulьtratovush) ta’sir qilganda, shu joylarda kechadigan fizikaviy jarayonlarning mexanizmini o‘rganish, uni mikdoriy va sifatiy baholash  mavzusi bo‘yicha olib borildi.

Yuz-jag‘ jarohatlarini xirurgik davolash natijalarini  prognozi  zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib bashorat qilish, matematik modelь yaratish va uni to‘g‘ri echish masalalari kafedra xodimlarining ilmiy izlanishlari mavzusi bo‘ldi. Kelgusida inson organizmida kechuvchi fizik jarayonlarning animatsiyasini yaratish masalasini o‘rganish ilmiy izlanishlar mavzusini tashkil etadi.

Kafedra xodimlari tomonidan 150 dan ortiq maqola va tezislar, 5 ta nomzodlik  dissertatsiyasi va 1ta doktorlik dissertatsiyasi himoya kilindi. Respublika hamda MDH tibbiyot oliygohlari turdosh kafedralari bilan ilmiy va o‘quv-uslubiy hamkorlik ishlari olib boriladi.

2010 yildan buyon kafedra Toshkent shaxridagi va viloyatlardagi tibbiyot kollejlarning «Anik fanlar» kafedralari bilan uzviy hamkorlik ishlarini olib bormoqda , bu faoliyat yosh avlodni tarbiyalashda va kasbiy yo‘naltirishda  davomiylik  rolini oshirishga qaratilgandir.

Kafedra xodimlari o‘quv-uslubiy, ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatish bilan birga Akademiya hamda fakulьtet hayotida tashkillashtiriladigan va o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etadilar. Kafedra xodimlari tomonidan yillar davomida akademik guruhlardagi murabbiylik faoliyati qoniqarli darajada olib borilmokda.