14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ToshDavTU 1-sonli akademik litseyga tashrifi.

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ToshDavTU 1-sonli akademik litseyga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida kafedra mudiri M.I. Bazarbayev yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, Vatan himoyachilari kuni bilan bog‘liq ezgu tilaklarini bildirdi. U o‘z nutqida Vatanimiz qahramonlari va jasorat ko‘rsatgan harbiy xodimlar xizmatini yodga olib, ularning misoli o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun namunaga aylanishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, kafedra vakillari litsey o‘quvchilari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, ularning savollariga batafsil javoblar berishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar Vatan himoyachilari kuni va qahramonlarimiz haqida bilimlarini kengaytirdilar, o‘z fikrlarini bildirdilar va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi, unda milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini oshiruvchi chiqishlar tinglandi. Tadbir samimiy va qiziqarli muhitda davom etib, o‘quvchilar va mehmonlar o‘rtasida samarali muloqot tashkil etildi.

Tashrif va tadbir doirasida o‘quvchilarning Vatan himoyachilari kuni va Vatanimiz qahramonlari haqida bilimi kengaytirildi, ularning vatanparvarlik ruhini yanada rivojlantirishga qaratilgan samarali muloqot tashkil etildi va oliy ta’lim muassasasi hamda litsey o‘quvchilari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlandi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.