Toshkent tibbiyot akademiyasida joriy haftada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoa ruhini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida yirik sport tadbiri tashkil etildi. Tadbirda akademiyaning barcha fakultet va kafedralari faol ishtirok etdi. Xususan, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi jamoasi ham to‘liq tarkibda qatnashdi.

Tadbirning ochilish marosimi tantanali ruhda o‘tkazilib, unda akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Rasmiy qismdan so‘ng sport musobaqalari boshlandi.

Musobaqalar doirasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida bir nechta sport turlari — mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va voleybol bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi vakillari musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, kuch-g‘ayrati va jamoaviy ruhini namoyish etdilar.

Tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ustozlar o‘rtasidagi sport bellashuvlari nafaqat sog‘lom raqobatni, balki do‘stona muhit va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamladi.

Shu kabi tadbirlar akademiya jamoasining jismoniy faolligini oshirish, bir-biriga bo‘lgan hurmat-ehtiromni kuchaytirish va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi. Kafedra jamoasi bu kabi musobaqalar muntazam o‘tkazilishi zarurligini ta’kidlab, barchaga sport bilan do‘st bo‘lishni tavsiya etdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.