2021 yil 27-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi «Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika» kafedrasi assistenti Аbdujabbarovaning 2-sonli Davolash ishi fakulteti 1-kurs 117 a-guruh talabalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Elektrik dipol. Biopotensiallarni qayd qilish. Elektrografiyaning fizik soslarini o’rganish” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘ulot materiallari muhokamasi.
ESHITILDI: Kafedra mudiri M.I.Bazarbaev o‘tkaziladigan ochiq amaliy mashg‘ulot matni, taqdimoti va amaliy mashg‘ulotga “Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika” kafedrasi dotsent I.Mullajonov hamda Toshkent davlat stomatololgiya instituti Tibbiy pedagogika, davolash va xalq tabobati fakul’teti fakulteti “Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari” kafedarsi o’qituvchisi D.Z.Xodjayeva tomonidan berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi. Taqrizda ijobiy fikrlar bildirilgan.
Amaliy mashg‘ulot matnida elektrik dipol, uning xossalari, biopotensiallar, ularni qayd qilish usullari, elektromografiya, elektroensefalografiya, elektrokardiografiyaning ahamiyati tushuntirilgan. Berilgan taqdimotda matn va unga mos rasmlar, qurilmaning sxematik chizmasi va jadval keltirilgan. Undan tashqari darsning texnologik xaritasi berilgan bo‘lib, darsning bosqichlari va unda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar yoritilgan.