2022 yil 22-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi «Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika» kafedrasi assistenti B.O.Bobajanovning “Biotibbiyot muhandisligi” 1-kurs 101-guruh talabalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Ortogonal va aksonometrik proeksiyada soyalar. Yorug‘lik nurining yunalishi. Soyalar. Umumiy ma’lumotlar. Narsalarning o‘z va tushuvchi soyalari. Geometrik jismlar guruhining aksonometriyada soyasi. Tibbiy qurilma va asboblarning aksonometrik proeksiya yaratish” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi muhokamasi.
EShITILDI: Kafedra mudiri M.I.Bazarbaev o‘tkaziladigan ochiq ma’ruzaning matni, taqdimoti va ko’rgazmali materiallarni “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi professori A.F.Marasulov hamda Toshkent Axborot tenologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedarsi dotsenti PhD. K.E.Shukurovlar tomonidan berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi. Taqrizda ijobiy fikrlar bildirilgan.
Ochiq ma’ruza matnida narsalarning chizmalarini yasash uchun, odatda, ularning asosiy o‘lchamlariga (bo‘yiga, eniga va balandligiga) parallel qo‘yilgan H, V va W tekisliklardagi ortogonal proeksiyalaridan foydalaniladi. Bunday proeksiyalardan har biri tasvirlangan narsaning ikki o‘lchamini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ortogonal proeksiyalar asosida tuzilgan chizmalar oson yasalishi va ularda tasvirlangan narsalarning o‘lchamlari tez aniqlanishi mumkin. Lekin bunday chizmalar yaqqol emas. Ayniqsa murakkab narsalarning shunday chizmalariga qarab, ularning fazoviy tasvirlarini tasavvur qilish bo‘yicha atroflicha to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Berilgan taqdimotda matn va unga mos rasmlar, qurilmaning sxematik chizmasi va jadval keltirilgan. Undan tashqari darsning texnologik xaritasi berilgan bo‘lib, darsning bosqichlari va unda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar yoritilgan.