Muborak Ramazon hayiti ma’naviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror totirishda  muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qutlug’ kunlarda bemorlarni ziyorat qilish, keksalar xolidan xabar olish, o’tganlar haqqiga duo qilib, muhtojlar, yakka-yolg’izlarga bayram tuhfalari tayyorlab ularga xursandchilik ulashish shariatimiz ko’rsatmalaridandir.

Ana shunday faraxbash kunlarda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Informatika va biofizika” kafedrasi pedagoglari va Davolash fakulteti 1-bosqich talabalari  muqaddas an’ana va qadriyatlarimizga tayangan holda Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 100-sonli maktab-internatga tashrif buyurib, internat tarbiyalanuvchilariga xayriya tadbiri o’tkazishdi.

100-sonli maktab-internat tarbiyalanuvchilariga bayram tuhfalarini ulashgach, tashrif buyuruvchilar bolajonlar bilan maroqli suhbat qurishdi.

So’ngra 100-sonli maktab-internat direktori Matyoqubov Tohir Radjabovich quyidagi so’zlar bilan yig’ilganlarga murojaat etdi:

–Bugun bizni Ramazon hayiti bilan tabriklash uchun sovg’a-salomlar ko’tarib kelgan Tibbiyot akademiyasi xodimlarini ko’rib to’g’risi, xursand bo’ldik. Bu eshikka termulgan ko’zlarimiz bugun quvonchdan yoshlandi. Ular bizga yolg’iz emasligimizni eslatishdi.

“Informatika va biofizika” kafedrasi mudiri Murotali Irisaliyevich Bazarbayev barchani kelayotgan Ramazon oyi bilan qutladi va bolalarga sog’liq, o’qishlarida omad, uylariga tinchlik-xotirjamlik tiladi.Tarbiyalanuvchilarga sovg’alar topshirildi.Tadbir barchada katta taassurot uyg’otdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.