«Biotibbiy muhandislik» ta’lim dasturining missiyasi sog‘liqni saqlash sohasida qo‘llaniladigan tibbiy texnika va raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, joriy etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Ushbu mutaxassislar muhandislik, klinik-texnik, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv kompetensiyalariga ega bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimining innovatsion rivojlanishini ta’minlashga, tibbiy texnologiyalardan foydalanish xavfsizligi va samaradorligini kafolatlashga qodir bo‘lishlari lozim. Shuningdek, ular dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari, fanlararo hamkorlik va xalqaro sifat standartlari asosida faoliyat yuritib, jamiyat va mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga javob bera oladigan kadrlar bo‘lib yetishadilar.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida kafedramizning chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, litsey o‘quvchilari hamda tibbiyot va radiotexnika texnikumlari talabalari o‘rtasida ochiq eshiklar kunlari o‘tkazilmoqda.