Toshkent davlat tibbiyot universiteti Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari —
Abdullayev O.H. hamda Azizqulova Sh.Sh.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovning 18-turida faol va munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar. Ushbu nufuzli tanlovda ko‘rsatgan ilmiy izlanishlari, innovatsion yondashuvlari hamda zamonaviy biotibbiyot texnologiyalariga oid ishlanmalari e’tirof etilib, ular “VATAN IFTIXORI” faxriy esdalik nishoni bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Mazkur yutuq — talabalarning ilk bosqichdayoq ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jiddiy yondashayotganini, ularning salohiyati va kelajakda respublika tibbiyot tizimi hamda muhandislik sohasiga munosib kadr bo‘lib yetishishidan dalolat beradi.

Shuningdek, iqtidorli talabalarimiz Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi mudiri
M.I. Bazarbayev,
hamda kafedra dotsenti
E.Ya. Ermetov
tomonidan ilm-fan yo‘lida erishilgan ushbu muvaffaqiyat munosabati bilan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar

Ushbu e’tirof yosh avlodning bilimga chanqoqligi, izlanishlarga bo‘lgan qat’iyati va ustozlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy muhitning samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishida olib borilayotgan ta’lim va ilmiy faoliyat bugungi kunda xalqaro miqyosda tan olinayotgan natijalarni bermoqda. Bu esa universitetimiz nufuzini yanada oshirib, talabalarni yangi marralar sari ruhlantirmoqda.

Talabalarimizga kelgusidagi ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va professional faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti — ilm, innovatsiya va taraqqiyot maskani!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.