2025-yil Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi tomonidan Rossiya federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti hamda Boshqird davlat tibbiyot universiteti hamkorligida “Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning dolzarbligi va muammolari” mavzusidagi II Xalqaro o‘quv-uslubiy anjuman tashkil etildi.

Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

  1. Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda biofizika fanining o‘rni.
  2. Tibbiyot mutaxassislarini tayorlashda umumiy fizika fanining o‘rni
  3. Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dolzarbligi
  4. Tibbiyotda va biologiyada matematik statistikaning ahamiyati.
  5. Tibbiy qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda biotibbiyot mutaxassislarni tayorlashning dolzarbligi.

Bunda tibbiyot mutaxassialarini tayorlashda fundamental fanlardan hisoblanadigan Biofizika hamda Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning bugungi kundagi dolzarb masalalari va muammolari xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan muhokama qilindi.

Anjumanda jami 43 nafar pedagog hodimlar ishtirok etishdi, ulardan 7 nafari xorijiy mutaxassislardir. Jumladan: Sibir davlat tibbiyot universiteti, Akademik I.P Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Boshqird davlat tibbiyot universiteti, G‘arbiy Makedoniya universiteti, Janubiy Koreya Respublikasi Chungang universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universitetlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.

Anjuman davomida klinik oldi fanlarini o‘qitish bo‘ycha ko‘plab ilg‘or texnologiyalar muhokama qlindi. Anjuman so‘ngida quyudagi yakunlovchi qarorlar qabul qilindi:

  1. Tibbiy pedagogik ta’limda raqamli kompetentsiyalarni qo‘llash kerak;
  2. Tibbiyot OTM larida klinik oldi fanlardan amaliy ko‘nikmalardan foydalanish va uni yanada takomillashtirish kerak;
  3. Barcha tibbiyot OTM larida kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talabalarning mustaqil ta’limini bajartirilishini sifatini va pedagog tomonidan nazorat qilinishini optimmalshtirish zarur;
  4. Fanlarni o‘qitishda «THINK-PAIR-SHARE» metodini qo‘llash va bu bo‘yicha pedagogik tadqiqotlar olib borib olingan natijalarni muhokama qilish lozim;
  5. Tibbiy ta’limda 3D modellash va virtual laboratoriyalardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq;
  6. Tibbiyot OTMlarida matematika va matematik statistika fanini o‘qitishda mavzularni klinik tekshiruv va sinovlarga bog‘lash va tatbiq qilish kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.