Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasi jamoasi Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalarida amaliy tashrif bilan bo‘lib, I2-PLEDGE “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishidagi seminarlarni o‘tkazdi.Kafedra mudiri, dotsent M.I. Bazarbayev hamda assistentlar F. Arziqulov, U. Isroilov, S. Egamov Jizzax politexnika institutining Energetika muhandisligi fakulteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakultetida ham seminar o‘tkazilib, loyiha doirasida ilmiy va akademik hamkorlik imkoniyatlari keng muhokama qilindi.

Mazkur tashriflar biotibbiyot muhandisligi sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va universitetlararo tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.