Rossiyaning Penza shahrida Rossiya, Belarus va Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalari va yosh olimlari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan «МОЛОДОЙ УЧЁНЫЙ XVI» xalqaro ilmiy-amaliy maqolalar tanlovida «Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika» kafedrasi assistenti F.Arziqulov ilmiy rahbarligi ostida «Davolash ishi» yo’nalishi 112b-guruh talabasi Izzatillayev Ibodulla va «Fundamental tibbiyot» yo’nalishi 113b-guruh talabasi Amirqulov Raxmatilla faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Talabalar o’z maqolasida Sog’liqni saqlash tizimida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlantirish konseptlari haqida batafsil ma’lumotlar yoritib berilgan. Bundan tashqari mamlakatimizda ushbu sohadagi rivojlanishlar alohida tajriba sifatida o’rganilib yakuniy xulosalar keltirilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi talabalar va ularning ilmiy rahbari yutug’i bilan tabriklaydi. kelgusidagi ilmiy izlanishlar va muvaffaqiyatlarida zafarlar tilab qoladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.