2024-yil 16-sentabr kuni Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi o‘qituvchilari va Davolash fakulteti talabalari o‘z darslarini O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan tantanali ravishda boshladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillik ramzlaridan biri bo‘lib, xalqning birligini, Vatanga sadoqatni va milliy g‘ururni ifoda etadi. 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan bu madhiya matni va musiqasi har bir yurtdoshimiz uchun katta ma’naviy ahamiyatga ega. Madhiya ijro etilganda hamma o‘rnidan turadi va o‘z vataniga hurmat ko‘rsatadi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda barcha Davolash fakulteti 1-kurs talabalari va kafedra ustozlari qatnashdi. Madhiya jo‘rligidagi ushbu tantanali tadbir har bir ishtirokchiga yurtga bo‘lgan sadoqat va vatanga xizmat qilishni yodga solib, o‘quv jarayoniga milliy ruxda kirishish imkoniyatini berdi.

Tadbirning boshida kafedra mudiri so‘z olib, mamlakatimizning mustaqilligi va yosh avlodning tarbiyasidagi madhiyaning ahamiyatini ta’kidladi. Ushbu an’ana talabalar va professor-o‘qituvchilar jamoasiga birgalikda Vatanga xizmat qilish va o‘z sohalarida yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lida ilhom manbai bo‘ldi.

Davolash fakulteti talabalari madhiyadan so‘ng yangi bilimlarni egallash va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash jarayonida ushbu ruhda davom etishdi. O‘qituvchilar esa talabalarni o‘qishga yanada katta mas’uliyat bilan yondashishga da’vat etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.