O’zbek milliy madaniyatida qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan «atlas» matosi hamisha o’ziga xos o’ringa ega bo’lib kelgan. U yorqin ranglar va nafis naqshlar bilan bezatilgan bo’lib, milliy kiyimlar orasida ajralib turadi. Shu munosabat bilan Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biogizika kafedrasida o’tkazilgan «Xon Atlas» tadbiri nafaqat milliy qadriyatlarni ulug’lash, balki yoshlarga an’analarni yetkazishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

«Xon Atlas» tadbiri milliy liboslar, xususan, atlas kiyimlari orqali milliy merosni saqlash va uni yangi avlodlarga yetkazish maqsadida tashkil etildi. Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biogizika kafedrasi ushbu tadbirni o’tkazish orqali o’quvchilar va professor-o’qituvchilarni o’z milliy qadriyatlari bilan tanishtirish, ularga hurmat uyg’otish va ularni targ’ib qilishga intildi. Tadbir davomida ishtirokchilar milliy kiyimlarda, asosan atlasdan tikilgan liboslarda qatnashishdi, bu esa o’zbek xalqi an’analariga hurmat va ehtiromni aks ettirdi.

Atlas – bu ipakdan to’qilgan, yorqin ranglar va geometrik naqshlar bilan bezatilgan mato bo’lib, O’zbekistonning an’anaviy to’qimachilik san’atining ifodasi hisoblanadi. U qadim zamonlardan buyon bayramlarda, to’y va boshqa tantanali marosimlarda kiyiladi. Atlas kiyimlari ayollar va erkaklar uchun maxsus tikilib, milliy bayramlar, oilaviy marosimlar va davlat tadbirlarida kiyiladi.

Tadbir milliy qadriyatlarni saqlash va ularga hurmat ko’rsatish maqsadida o’tkazilib, yosh avlodda milliy liboslar, an’ana va urf-odatlarga nisbatan muhabbat uyg’otishga qaratilgan edi. Atlas matosi O’zbekistonning to’qimachilik madaniyatida qadrlangan boy meroslardan biri bo’lib, bunday tadbirlar orqali u yoshlar orasida yana-da kengroq targ’ib qilinadi.

«Xon Atlas» tadbiri milliy an’ana va qadriyatlarni tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi. Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biogizika kafedrasida o’tkazilgan ushbu tadbir o’zbek milliy liboslarining boy tarixini eslatish va yosh avlodni madaniyatga hurmat bilan qarashga o’rgatishda muhim qadam bo’ldi. Shu kabi tadbirlar orqali milliy qadriyatlar saqlanib qoladi va kelajak avlodlarga yetkaziladi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.