2024 yil 27 avgustda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining “Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira” fakultetining “Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika” kafedrasida biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi mutaxassislari uchun trening seminar bo‘lib o‘tdi. Dasturda kafedraga kelgan yangi xodimlar va ishlayotgan xodimlar uchun Erasmus + CBHE 101082242 loyihasining I2-PLEDGE biotibbiyot muhandisligi boʻyicha innovatsion va fanlararo dasturlar Oʻzbekistonda talabalarning ish bilan taʼminlanishi uchun raqamli oʻsish dasturidan foydalanish mavzusidagi 2024 yil 28 mart oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvida koʻrib chiqilgan bir qator vazifalar, yoʻnalish dasturlari va oʻquv rejalari Evropa ta’lim standartlariga integratsiya qilinishidagi istiqbolli rejalar boʻyicha diskussiya olib borildi.

Alohida toʻxtalib oʻtilgan mavzular ichida muhimi – oʻquv reja ikkita yoʻnalishni nazarda tutilishi: 1) Biotibbiy uskunalar texnologiyasi va 2) Klinik muhandisliklarning oʻqitish metodologiyasini takomillashtirish ustidagi bildirilgan fikrlar boʻldi.

Mavjud profillarning xilma-xilligi orasida oʻquv dasturi ikkita yoʻnalishni loyihalash orqali ushbu sohada ikkita ixtisoslikni taʻminlash maqsadida ishlab chiqilishi, ular umumiy asosiy koʻnikma va imkoniyatlarga asoslangan holda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

1) Biotibbiy uskunalar texnologiyasi: Kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalar yordamida barcha turdagi kasalliklarni tashxislash va davolash uchun biotibbiy vositalar va uskunalarni oʻrnatish, saqlash va texnik yordam koʻrsatish koʻnikmalari;

2) Klinik muhandislik: Tibbiy asbob-uskunalar xavfsiz va samarali boʻlishini ta’minlash ko’nikmalari, yangi texnologiyalar yoki protseduralarni loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amalga oshirish uchun shifokorlar, hamshiralar va boshqa sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan ishlash qobiliyati va ularni bemorlar bilan ishlab chiqilgan texnologiyalardan foydalanishga oʻrgatish. Ikkala yoʻnalishda bir xil multidissiplinar yondashuvga asoslangan boʻlsa ham, 1- yoʻnalishda koʻproq biotibbiyot sanoatiga, 2-yoʻnalish klinik sozlamalarga yoʻnaltirilganli tahlillari bilan tanishtirildi. Seminarda kafedraning 38 nafar xodimlari, fakultet dekani va dekanat mas’uyllari qatnashishdi. Dekan S.U. Aliyev yangi o’quv yilida biotibbiyot muhandisligi yoʻnalishida yangi oʻquv yilidagi oʻzgarishlar va kirib kelayongan 1-sentyabr mustaqillik kuni bilan hammani tabriklab, har bir professor oʻqituvchining yangi oʻquv yilida oldida turgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdilar.

Kafedra mudiri M.I. Bazarbayev kafedradagi professor o‘qituvchilarini yangi o’quv yili bilan samimy tabriklab, yangi o’quv yili oldidan oʻtkazilgan Ilmiy Kengashda ko’rilgan barcha masalalar haqida batavsil ma’lumotlar berib o’tdilar. Jumladan professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalar dinamikasi, kurslararo o‘qish shakli va ta’lim plarformasi va Toshkent tibbiyot akademiyasining Yevropa jamoat ta’lim makoni tomonidan tan olinganlik maqomini batafsil sharhlab, talaba va professor oʻqituvchilar uchun ilmiy salohiyatni kelajakda rivojlantirishga qaratilgan barcha imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.

Kafedra ishlariga ma’sul oʻqituvchilarning ustuvor vazifalari, kafedrada mavjud boʻlgan xalqaro va mahaliy loyihalar ishtirokchilari bilan yangi oʻquv yilida rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Fotolavxalar:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.