Qatnashdilar: kafedra mudiri Bazarbaev M.I., dotsentlar Mullajonov I., Maxsudov V.G, katta o‘qituvchilar: Ermetov E.Ya., Sobirjonov A.Z., Abdujabborova U.M, assistentlar: Tuxtaxodjaeva F.Sh., Sayfullaeva D.I., Norbutaeva M., Zufarov I.B., Bobojonov B.O., Ubaydullaeva V.P., Raximov B.T., Juraeva Z.R., Safarov U.Q., Isroilova Sh.A, Bozarov U.A., Kuchkarova N.A., Abdullaeva N.U., Ihrorova S.I., Ibragimova M.N.
KUN TARTIBI: kafedra assistenti K.D. Latipovaning 13-may 2024-yildagi Davolash fakulteti 23-09A guruhida bo’lib o’tgan ochiq dars tahlili.
ESHITILDI: Majlisni kafedra mudiri M.I.Bazarbayev ochdi va kun tartibi bilan tanishtirdi. Yuqoridagi masala bo’yicha dotsent I.Mullajonov so’zga chiqdi. Ular kafedra assistenti K.D. Latipovaning 13-may 2024-yildagi Davolash fakulteti 23-09A guruhida Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan bo’lib MS Power Point dasturida grafik (diagramma va rasm), jadval, video ob’ektlari, animatsiya va giperssilka elementlari bilan ishlash mavzusidagi ochiq darsini yaxshi tashkillashtirilganini, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tganini ta’kidlab o’tdi.
Kafedra katta oqituvchisi Ermetov E.Ya so‘zga chiqib, dars talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanib, yaxshi qabul qilinganini aytib o’tdi va ijobiy baholadi va bu kabi darslar ko’proq tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o’tdi.
QAROR QILINDI: «Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika» kafedrasi assistenti K.D. Latipova 13-may 2024-yildagi Davolash fakulteti 23-09A guruhida Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanidan bo’lib o’tgan MS Power Point dasturida grafik (diagramma va rasm), jadval, video ob’ektlari, animatsiya va giperssilka elementlari bilan ishlash mavzusidagi ochiq darsi taqdim qilingan me’yoriy hujjatlar to’g’ri rasmiylashtirilgan deb topilsin.