Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi Sizlarni Rossiya federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etiladigan an’anaviy “Raqamlashtirish-tibbiyot kelajagi” mavzusidagi II Xalqaro talabalar konferensiyasiga taklif etadi.
Konferensiya 29 fevral kuni soat 10:00 da akademiya bosh binosining 7-qavatida Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada talabalar va yosh ilmiy izlanuvchilar quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi:
1. Tibbiy ta`limni raqamlashtirish
2. Tibbiy va biologik fizika – zamonaviy tibbiyot asosi
3. Biotibbiyot muhandisligida robot texnikasi
