2023-yil 15-mart kuni 1-davolash fakulteti, 1-kurs 101b-guruhda Biofizikadan «Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika» kafedrasi katta o‘qituvchisi Sobirjonov Abdusamad Zohidovich tomonidan “Suyuqlikning qovushqoqlikni Stoks usulida aniqlash” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tti. Suyuqliklarning qovushqoqligi viskozimetr bilan bog‘liq. Viskozimetr suyuqlikning muhim xususiyatini – uning qovushqoqligini aniqlaydi. Viskozimetrdan foydalanish tibbiyotda inson qonining qovushqoqligiini aniqlash uchun dolzarbdir; farmakologiyada suyuq dori vositalari – siroplar, suspenziyalar holatini, tuzilishini tahlil qilish; kosmetologiyada gellar, kremlar, losonlar va boshqa kosmetika vositalarining xususiyatlarini o’rganish; Qovushqoqlikni viskozimetr bilan o’lchash suyuqlik, yarim suyuqlik, oqimli moddalar va aralashmalar bilan bog’liq deyarli har qanday jarayonda zarur. Ochiq mashg‘ulotda yuqoridagi masalalar talabalarga qiziqarli tarzda yetkazildi. Ochiq amaliy mashg‘ulot barcha ishtirokchilarga yoqdi.