2022 yil 26-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi «Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika» kafedrasi assistenti K.D.Latipova tomonidan Davolash fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Global tarmoqda ishlashni tashkil etish. Tibbiy biologik axborotlarni mavzular bo’yicha qidirish uchun veb brouzerlardan foydalanish” mavzusidagi ochiq dars materiallari muhokamasi
ESHITILDI: Kafedra mudiri M.I.Bazarbaev o‘tkaziladigan ochiq dars matni, taqdimoti va amaliyotga TTA, «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasi dotsenti S.Z. Saidalixodjayeva hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti «Tibbiy va biologik fizika, informatika va informatsion texnologiyalari» kafedrasi dotsenti Yu.N.Islomov tomonidan berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi. Taqrizda ijobiy fikrlar bildirilgan.
Dars matnida Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘ligi, Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham berilishi mumkinligi haqida to’xtalib o’tilgan. Berilgan taqdimotda matn va unga mos rasmlar, diagrammalar va animatsiyalar qo‘llanilgan. Undan tashqari darsning texnologik xaritasi berilgan bo‘lib, darsning bosqichlari va unda qo‘llaniladigan yangi pedagogoik texnologiyalar yoritilgan.