2021 yil 18-sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi «Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika» kafedrasi assistenti B.Y. Abdukadirovaning 1-sonli Davolash ishi fakulteti 1-kurs 105b-guruh talabalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Axborot haqida tushuncha. Axborot turlari. Sanoq tizimlari. Shaxsiy kompyuterlarining apparatli ta’minoti. Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘ulot materiallari muhokamasi bo’lib o’tdi.
Unda kafedra mudiri M.I.Bazarbaev o‘tkaziladigan ochiq amaliy mashg‘ulot matni, taqdimoti va amaliy mashg‘ulotga “Biotibbiyot muhandisligi, Informatika va biofizika” kafedrasi dotsent I.Mullajonov hamda Toshkent davlat stomatololgiya instituti Jarrohlik stomotologiya fakulteti “Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari” kafedarsi katta o’qituvchisi Sh.X. Abdug’aniyeva tomonidan berilgan ichki va tashqi taqrizlarni o‘qib eshittirdi. Taqrizda ijobiy fikrlar bildirilgan.
Amaliy mashg‘ulot matnida axborot va uning turlari, axborot o’lchov birliklari, axborot texnologiyalarining tibbiyotdagi o’rni, sanoq tizimlari, bir sanoq tizimidan boshqa sanoq tizimlariga o’tish, sanoq tizimlari ustida bajariladigan amallar, shaxsiy kompyuterlarning apparat ta’minoti, kompyuterlarning asosiy va qo’shimcha qurilmalari, xotira turlari bo‘yicha atroflicha to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Berilgan taqdimotda matn va unga mos rasmlar, qurilmaning sxematik chizmasi va jadval keltirilgan. Undan tashqari darsning texnologik xaritasi berilgan bo‘lib, darsning bosqichlari va unda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar yoritilgan.
2021 yil 18-sentabr kuni o‘tkaziladigan ochiq amaliy mashg‘ulot uchun taqdim qilingan me’yoriy hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgan deb topilsin va fakultet kengashda tasdiqlashga tavsiya etilsin degan qarorga kelindi.