2024 yil 10-sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasida o‘tkazilgan “Raqamli tibbiyotda yangi texnologiyalar” mavzusidagi Respublika yosh olimlar ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot mihandisligi, informatika va biofizika kafedrasida rejalashtirilgan “Raqamli tibbiyotda yangi texnologiyalar” mavzusidagi Respublika yosh olimlar ilmiy konferensiyasi TTA ning bosh o‘quv binosida 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tti.
Anjumanning ilmiy yo‘nalishi:
- Tibbiy ta`limni raqamlashtirish;
- Tibbiy va biologik fizika – zamonaviy tibbiyot asosi;
- Biotibbiyot muhandisligida robot texnikasi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.L.Azizova ilmiy-amaliy anjumanni ochib berdi.
Konferensiyaning yalpi majlisida jami 6 ta raqamli tibbiyotning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ma’ruzlar tinglandi. Jumladan: TTA, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi mudiri M.I.Bazarbayev “VR, AR va simulyatsiya texnologiyalari orqali tibbiy ta’lim”, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, «Fizika, biofizika va tibbiy fizika» kafedrasi dotsenti Sodiqov Naim Ochilovich “Talabalar uchun onlayn o‘quv platformalari va interaktiv o‘quv materiallari”, O‘zFA, Yadro fizika insituti bosh ilmiy hodimi, professor Musayeva Malika Anvarovna “MRT, KT va rentgen tasvirlarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish”, Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Xalloqov Farhod Karimovich “Farmakogenomika: dori-darmonlarning individual moslashuvini ta’minlash”, Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika kafedrasi mudiri, profesor Djumanov Sherzod Safaraliyevich “3D model yaratish va jarrohlik amaliyotlariga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish” mavzularida o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyada raqamli qurilmalar yordamida sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatish, kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish jarayonlarini optimallashtirish, tibbiy ilovalar va dasturlar, bemorning salomatligini doimiy kuzatish imkonini beruvchi soatlar, bilakuzuklar va boshqa elektron qurilmalar, telemeditsina, sun’iy intellekt va tahliliy tizimlar kabi ilmiy mavzulariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Anjuman mavzusidan kelib chiqqan holda TTA professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, klinik ordinatorlar, magistrlar hamda talaba yoshlari o‘rtasida bir-birlari bilan tajriba almashish maqsadida respublikamiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, klinik bazalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.
Anjumanda mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari onlayn va oflayn ishtirok etishdi. Anjumanda 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi va 30 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Barcha anjuman qatnashchilariga sertifikat, dastur, tezislar to‘plami, topshirildi.
Anjuman davomida iqtidorli talabalar ko’plab qiziqarli ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi: Toshkent Tibbiyot akademiyasi, 1-son Davolash fakulteti talabasi Gaibnazarov Sardorxon Sunnatillayevich “O‘pka kasalliklarini erta tashxislash va biotibbiy signallarni tahlil qilish uchun neyron tarmoq kompleksini ishlab chiqish” mavzusi, Toshkent Davlat Stomatologiya instituti Davolash fakulteti talabasi Nurtosheva Feruza Umar qizi “Zamonaviy EKG: inovatsiyalar va ilovalar” mavzusi, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, 1-son Davolash fakulteti talabasi Shavkatova Sitorabon G‘anijon qizi “Farmatsevtikada dori vositalarini bazasini shakllantirishda QR kod texnologiyasini qo‘llash” mavzusi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi Abdurasulov Abdulla Kudratovich «Инновационная платформа для цифровизации медицины и медицинского образования» nomli ma’ruzalar eng yaxshi deb topildi. Anjuman ishtirokchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim tizimida tibbiyot oliygohlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning hamda ilmiy tekshirish institutlarida va tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayitgan shifokor izlanuvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslarini muhokama qilish natijasida ularni ijtimoiy va moliyaviy rag‘batlantirish imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.